Prevyu. "Qo‘qon-1912" - "Andijon"
Bugun Qo‘qondagi “Markaziy” stadionda vodiiy derbisi doirasida “Qo‘qon-1912” hamda “Andijon” jamoalari o‘rtasida qiziqarli bellashuv bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan yili birinchi davrada Qo‘qondagi o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan. Andijonda esa maydon egalari raqibini 3:0 hisobida taslim qilgan. O‘sha bahsda "Andijon"dan gollarga Damir Temirov (dubl) va Islom Mamatkazin mualliflik qilishgan.
Ishtirokchilar chempionat mobaynida 30 marotaba bellashishgan bo‘lib, “Andijon”da 10, “Qo‘qon-1912” hisobida 11 ta g‘alaba bor. Yana 9 ta o‘yindan kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 49\42 “Andijon” foydasiga.
Bugungi o‘yin 18:15 da boshlanadi.

Fikrlar