Professional bokschimiz 30 mart kuni ringga chiqadi

  • 11 mart, 2019, 16:19
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional ringda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirib kelayotgan o‘zbekistonlik Ravshan Maxamadjonov o‘zining navbatdagi jangini 30 mart kuni o‘tkazadi.

Moskva shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan boks kechasida Ravshanning raqibi kim bo‘lishi hozircha oshkor qilinganicha yo‘q. Bu bokschi shu vaqtga qadar professional ringda 6 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘sha kuni AQShning Pensilvaniya shtatida yana bir bokschimiz Qudratillo Abduqahharov (15-0-0) yaponiyalik Keyta Obara (20-3-1) bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!