
PSJ katta transferni e’lon qildi
"Parij Sen-Jermen" matbuot xizmati Ukraina terma jamoasi himoyachisi Ilya Zabarniy transferini e’lon qildi. Futbolchi Frantsiya chempionatiga Angliyaning "Bornmut" klubidan ko‘chib o‘tgan. Tomonlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladilar.
Bir kun avval futbolchi PSJ uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan edi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, PSJ Zabarniy transferini 63 million evroga rasmiylashtirgan. "Bornmut" yana 3 million evroni bonus sifatida olishi mumkin. 2023 yilning yanvarida inglizlar himoyachi uchun Kievning "Dinamo" klubiga 22,7 million evro to‘lagandi.
Avvalroq OAVda Zabarniy transferi tufayli PSJni Matvey Safonov tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar