PSJ katta transferni rasmаn e’lon qildi
Bu hujumchi uchun kurash tugadi
«Monako» yarim himoyachisi Magnes Akliush rasmiy boshqa fransuz klubiga o‘tdi.
Uning yangi jamoasi sifatida PSJ e’lon qilindi.
Parij klubi ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchi bilan 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasi imzolangan.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida xabar berilishicha, hujumkor yarim himoyachining transferi uchun 50 million yevro atrofida to‘lov amalga oshirilishi kutilgan edi.
O‘tgan mavsumda Magnes Akliush Frantsiya chempionati doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, olti gol urdi va olti marta hamkasblariga golli pas yo‘lladi.

Izohlar (0)