PSJ "Liverpul" yulduzini olib ketadi
Ali Ahmadxo’jayev
Zoʻr oʻyinchi eʼtiborsiz qolmaydi
Parijliklarning yangi nishonni belgiladi. «Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis MakAllister faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.
Bu haqida Footmercato nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «PSJ» jiddiy qiziqish bildirgan. Parij klubi MakAllisterni jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Fabian Ruizga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Joriy mavsumda Aleksis MakAllister «Liverpul» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 7 ta o‘yin o‘tkazdi, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. Uning «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Izohlar (0)