PSJ yulduzi safdan chiqdi

  • 31.10.2025 15:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi va PSJ vingeri Dezire Due jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. 

"L'Equipe" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi "Loryan"ga qarshi uchrashuvning 61-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etgan edi. Ma’lum bo‘lishicha vingerning son qismidan olgan jaroxati biroz jiddi bo‘lib chiqdi. Shu sababdan, Due yaqin bir necha hafta jamoasiga yordam bera olmaydi. 20 yoshli futbolchi mavsum boshidagi boldir qismidan  olgan jarohati sabab 6 ta uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi.

Ma’lumot uchun, frantsiyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda umumiy 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!