PSJdan ketaman, bu jamoada “non” qolmadi!

  • 21 mart, 2024, 18:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJning zaxira darvozaboniga aylanib qolnan Keylor Navas klub bilan yakunlanayotgan shartnomasini uzaytirmaydigan bo‘ldi.

AS nashrining ta’kidlashicha, 37 yoshli darvozabon yanvar oyida Evropaning bir necha klublaridan taklif oldi. Biroq Keylor parijliklar bilan amaldagi shartnomasini tugatganidan keyin jamoasini o‘zgartirish maqsadida chorlovlarni qabul qilmadi.

Kosta-rikalik golkiper asosiy tarkibdagi joyini Janluiji Donnarummaga boy berib qo‘ygan. Hatto PSJning yosh posboni Arnau Tenas ham joriy mavsum Navasdan ko‘p o‘yin o‘tkazdi.

Tajribali darvozabon chempionatda atigi ikki marotaba ko‘rinish berdi xolos.

Keylor Navas 2019 yili “Real”dan PSJga o‘tganida Frantsiyaga asosiy darvozabon sifatida kelgan edi. Shu kunga qadar tajribali posbon barcha turnirlarda 112 marta o‘yin o‘tkazib, shulardan 51 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!