Qozoqlar Hasanboy Do‘stmatovni “urmoqchi”!

  • 24 sentabr, 2023, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Xitoyning Xanchjou shahrida boshlangan XIX Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan boks musobaqasida yurtimiz sharafini eng kuchli etti nafar charm qo‘lqop ustasi himoya qiladi.

Murabbiylar shtabi musobaqaga 51 kilogrammda Hasanboy Do‘smatov, 57 kilogrammda Abdumalik Xalakov, 63,5 kilogrammda Ruslan Abdullaev, 71 kilogrammda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev, 80 kilogrammda To‘rabek Habibullaev, 92 kilogrammda Lazizbek Mullojonov, va o‘ta og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolovni tanlagan.

RN0u0gTAOeaYt6Ka3XJhthrCpKjDgsLH_front

Bokschilarimiz Osiyo o‘yinlarining sovrinlari qatorida har bir vaznda Olimpiya o‘yinlariga beriladigan bittadan yo‘llanma uchun ringga chiqadi.

Xanchjou ringlarida ashaddiy raqiblar o‘rtasidagi janglar ham kutilmoqda. Xususan, engil vaznda qozog‘istonlik Saken Bibosinov va Hasanboy Do‘smatov o‘rtasidagi to‘qnashuvni ko‘pchilik kutmoqda.

Tokio olimpiadasi sovrindori Saken Bibosinov Sports.kz saytiga bergan intervyusida Hasanboy Do‘smatovga to‘qnash kelsa, bu bahsga tayyor ekanini ta’kidladi.

—  Men Osiyo o‘yinlarida ilk bor qatnashyapman. Bungacha Tokio Olimpiadasida tajriba to‘plagan edim. O‘yinlarning ochilish marosimi bo‘ldi. Bayrog‘imizni yuqoriga ko‘tarishga umid qilamiz.

— Toshkentdagi jahon chempionatidan keyin sog‘ligingda muammo borligini ta’kidlagan eding. Hozirgi funktsional holating haqida gapirib ber.

— Afsuski, Toshkentdagi jahon chempionatida medal qo‘lga kiria olmadim. Jarohatim bor edi. Hozir tiklanib bo‘ldim. Muxlislarimni yorqin g‘alabalar bilan xursand qilib, Olimpiya o‘yinlariga lizentsiyani qo‘lga kirita olishimga umid qilaman.

— Agar Hasanboy Do‘smatovga to‘qnash kelib qolsang, qandaydir maxsus tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilganmi?

— Biz Do‘smatovni juda yaxshi o‘rganib chiqdik. Murabbiylar shtabi mos taktika tanlab beradi. Men esa, jangga tuzilgan rejani to‘liq amalga oshirishga harakat qilaman.

— Raqiblardan yana kimlarni alohida ko‘rsatgan bo‘larding?

— 51 kilogramm vazn toifasida raqobat juda. Hindistondan juda kuchli bokschi bor. Shuningdek, yaponiyalik Tomoya Tsuboi ham bo‘ladi, u sobiq jahon chempioni hisoblanadi. Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan tailandlik kuchli bokschi bor.

Umuman olganda, raqobat juda kuchli ekanini ta’kidlash lozim. Raqiblarni engish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishimizga to‘g‘ri keladi.

maxresdefault_2

Ta’kidlash joizki, Saken Bibosinov 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempionatlarida oltin va bronza medalga ega chiqqan Osiyo chempionatlarida bittadan kumush va bronza medalni qo‘lga kiritgan.

Hasanboy Do‘smatovning unvonlari soni ham, salmog‘i ham ko‘p. O‘zbek bokschisi Olimpiya o‘yinlari chempioni, jahon chempionatlari oltin va kumush medal sohibi, uch karra Osiyo chempioni va qit’a o‘yinlari finalchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
25/09/2023 10:44
Хасанбойда иккинчи ёшлик бошланди