Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Qudratullo Abduqahhorovdan navbatdagi g‘alaba

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Keyingi jang chempionlik kamari uchun kechishi aniq.

Okean ortidan hushxabar! Hozirgina Filadelfiya shahri “Liacouras Centre”da yakunlangan jangda hamyurtimiz Qudratullo Abduqahhorov professional boksda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. To‘liq 10 raund davom etgan jangning so‘ngi soniyalari qolganida, Qudratilloning ajoyib zarbalaridan so‘ng Kollazoning har ikki qoshi yorilib ketdi va g‘olib ochkolarga ko‘ra aniqlandi.Yakunda, hakamlar hamyurtimizning 99-91, 97-93, 98-92 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa, Qudratillo navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz: Qudratullo bugungi jangga qadar, 16 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan edi. Uning hisobida endi 17 ta g‘alaba mavjud.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q