
Rafinya: "O‘zim ham yozda jamoadan ketishni o‘ylaganman"
"Barselona"ning futbolchisi Rafinya o‘tgan yozda Kataloniya klubini tark etish haqida o‘ylaganini tan oldi.
"Har kuni men boshqa jamoaga ketayotganim haqida yangiliklar paydo bo‘lardi. O‘zim ham "Barselona"dan ketish haqida o‘ylaganman, chunki o‘zimni yaxshi his qilmagan edim. Menda hammasi rejadagidek kechmadi, o‘tgan mavsumni o‘zimdan past darajada o‘tkazdim.
Men odamlarning meni ketishga undayotganini, klubga kerak emasligimni aytayotganini ko‘rdim. Har kuni turli xil mish-mishlar tarqalardi. Ammo Amerika kubogidan so‘ng Xans Flik menga qo‘ng‘iroq qilib, biror qaror qabul qilishdan oldin mashg‘ulotga kelishimni so‘radi. U menga ishonganini bildirdi.
Bu suhbat mening jamoada qolishimga asosiy sabab bo‘ldi. Men rafiqam bilan gaplashdim va unga shunday dedim: agar Flik futbolchilarni adolatli baholasa, u mashg‘ulotlardagi harakatlarimizga qarab qaror chiqarsa, u atigi bir hafta ichida mening sifatlarimni ko‘radi va bu qaroridan afsuslanmaydi. O‘ylaymanki, bu ish berdi. degan edim" - deya aytib berdi braziliyalik yulduz.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli hujumchi joriy mavsum "ko‘k-anorranglilar" safida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar