Rafinya: "U hammasini o‘zgartirdi va jamoada muhim bo‘lishimni aytdi"
"Barselona" vingeri Rafinya Dias Superkubokdagi g'alaba va gollari haqida gapirdi.
"Bu mening mavsumdagi eng yaxshi o‘yinim va eng yaxshi lahzalarim deb ta’kidlashim bo‘lardi. Shuni aytishim joizki, men har doim jamoaga borimni berishga, himoya qilishga, hujumda yordam berishga qo‘limdan kelganicha harakat qilaman. Bizning jamoada ko‘plab yosh futbolchilar bor. Yaxshi fikrlash va doim g‘alaba uchun harakat qilish klub manfaatlari uchun juda muhim hisoblanadi. Hammamizda bu futbolkani kiyib, asosiy maqsad titul yutish bo‘lishi kerak. Biz bu yo‘nalishda ishlayapmiz. Klasikodagi eng muhim jihat, jamoamiz ikkinchi bo‘limda bir tan-u bir jon bo‘lib o‘ynaganimiz. Biz Hans-Flik uchun kerakli ishni qildik deb o‘ylayman. Agar u "Barsa"ga kelmaganida, men jamoadan ketgan bo‘lardim. U hammasini o‘zgartirdi va men jamoada muhim rol o‘ynashimni aytdi. Bu futbolchi uchun kerak bo‘lgan eng katta narsa edi", - dedi braziliyalik vinger.
Ma’lumot uchun, Rafinya joriy mavsumda 17ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar