
Rahmonaliev sovrin uchun kurashishga tayyor
Rossiya Premer-ligasida “Rubin” sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Umarali Rahmonaliev kelasi mavsum jamoasi bilan sovrinli o‘rinlar uchun kurashishini aytdi.
- Joriy mavsum “Rubin” uchun yaxshi o‘tdi, deb hisoblayman. Biz oldimizga qo‘ygan maqsadlarga eriga oldik.
Kelasi mavsum jamoa sovrinli o‘rinlar uchun kurasha oladi, - dedi Umarali Rahmonaliev.
20 yoshli Umarali Rahmonaliev “Bunyodkor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Iste’dodli yarim himoyachi 2023 yilning yanvarida “Rubin” jamoasiga ko‘chib o‘tgandi.
Rahmonaliev joriy mavsumda “Rubin” safida barcha turnirlarda 16 marotaba maydonga tushdi.
Fikrlar