Rasman: Liam Rosenyor "Chelsi" bosh murabbiyi!
Liam Rosenyor rasmаn "Chelsi" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqida London klubining rasmiy sayti xabar berdi. 41 yoshli angliyalik mutaxassis "aristokratlar" bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Rosenyor ushbu lavozimda 1 yanvar kuni iste’foga chiqarilgan Enco Mareskani o‘rnini egalladi. Italyan murabbiy "Chelsi"ni 2024 yil iyunidan boshqarib, jamoa bilan Konferensiyalar ligasi (2024/25) hamda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini (2025) g‘olib bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, murabbiylik faoliyati davomida Liam "Brayton" yoshlar jamoasida ishlagan, "Derbi Kaunti" va "Xall Siti"ni boshqargan. Shuningdek, 2024 yil iyulidan beri Fransiyaning "Strasbur" klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.
Fikrlar