Rasman! Manchester klubi katta transferni e'lon qildi
«Manchester Yunayted» 22 yoshli yarimhimoyachi Andrey Santos bilan shartnoma imzolaganini rasmiy e'lon qildi. Braziliyalik futbolchi Londonning «Chelsi» klubidan manchesterliklar safiga o‘tdi.
Klub ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tuzgan, kelishuvni yana uzaytirish imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari transfer qiymati 50 million funt sterling (taxriban 58,5 million yevro) atrofida bo‘lishini xabar qilgan edi.
Andrey Santos 2023 yil yanvaridan buyon «Chelsi» tarkibida edi. O‘tgan mavsumda yarimhimoyachi barcha musobaqalar doirasida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli pas muallifiga aylandi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar