"Real" bitta shart bilan Mbappeni sotadi
Madridliklarning rejasi bor
«Real Madrid» klubi jamoaning yetakchi hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma uzaytirilmasa, uni sotishga tayyor. Bu haqida jurnalist Xuan Xesus ma'lumot bergan.
Manbaga ko‘ra, klub prezidenti Florentino Peres fransuz hujumchisining kelajagi borasida aniq pozitsiyaga ega: agar kelasi yozgacha Mbappe shartnomani uzaytirmasa, u transferga qo‘yiladi. «Qaymoqranglilar» futbolchi shartnomasining yakuniga bir yil qolgan holatga yo‘l qo‘yishni istamayapti.
Avvalroq Mbappe «Real»dan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U Madridda yetarlicha muhabbat va ishonch sezmayotgani aytilmoqda. Jurnalist Fransua Gallyardo ma'lumoticha, hujumchi Angliya chempionatida o‘zini sinab ko‘rishni xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Real» Mbappeni 2024 yilda erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028/29 yildgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Izohlar (0)