"Real" "Chelsi"ning taklifini rad etdi
Londonning "Chelsi" klubi Madriddning "Real" jamoasi tarkibida to‘p surayotgan chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasni sotib olish bo‘yicha rasmiy harakatni boshladi. Sport.es nashrining yozishicha, angliyaliklar ispan klubiga 25 million yevro miqdorida dastlabki taklif yuborgan.
Biroq "Real" bu taklifni rad etgan. Madrid klubi rahbariyati 23 yoshli futbolchini kamida 50 million yevro atrofida baholamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Karrerasni jamoaga olib kelish tashabbusi "Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso ga tegishli bo‘lib, u transferni amalga oshirish maqsadida muzokaralarni davom ettirishni qat’iy talab qilmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Alvaro Karreras barcha musobaqalar doirasida 40 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar