Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" Chempionlar ligasining finaliga chiqdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Uchrashuv yakunlandi.

Madridning "Real" (U-19) jamoasi UEFA Yoshlar ligasining joriy mavsumida finalga chiqqan ikkinchi ishtirokchiga aylandi.

Yarim final bahsida Alvaro Lopes shogirdlari PSJ (U-19)ni penaltilar seriyasida 5:4 hisobida mag‘lub etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan edi.

Penaltilar seriyasida "Real" darvozaboni Xavyer Navarro hal qiluvchi o‘yin ko‘rsatib, 3 ta zarbani qaytardi.

Mazkur musobaqaning birinchi finalchisi Belgiya ning "Bryugge" jamoasi bo‘lib, u yarim finalda "Benfika"ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan.

Final uchrashuvi 20 aprel kuni Lozanna shahrida bo‘lib o‘tadi.
 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q