"Real"da ketgan yulduzga yaxshi ish chiqdi
Da'vogar Evropadan
Avstriya terma jamoasi sardorlaridan biri David Alaba faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Il Messaggero nashri ma'lumoticha, 34 yoshli markaziy himoyachi «Latsio» klubi diqqat markaziga tushgan. Rim jamoasi yaqinda «As-Sadd»ga yo‘l olgan Alessio Romanyoli o‘rnini to‘ldirish uchun tajribali himoyachi qidirmoqda.
«Real Madrid» bilan shartnomasi yakunlangach, Alaba hozircha erkin agent maqomida qolmoqda. «Latsio» sport direktori Andjelo Fabiani avvalroq bergan bayonotida klub yozgi transfer oynasi yopilganidan keyin ham erkin agentlar bozorini diqqat bilan kuzatishini ta'kidlagan edi.
Shu bilan birga, hozircha Alaba bilan rasmiy muzokaralar boshlanmagan. Manbaga ko‘ra, uning nomzodi klub rahbariyati ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan bir qator variantlardan biri sifatida qolmoqda. Avstriyalik futbolchi bilan bir qatorda, himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun nomzodlar ro‘yxatida Diogu Leyte ham bor.
David Alaba «Real» tarkibini 5 yildan so‘ng tark etdi. Madrid klubi safida u ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Undan oldin «Bavariya» tarkibida 10 marta Germaniya chempioni bo‘lgan va yana ikki bor Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan. So‘nggi mavsumlarda esa futbolchining faoliyatini jiddiy jarohatlar jiddiy ravishda cheklab qo‘ygan edi.
Izohlar (0)