"Real" Dani Sebalosga narx belgiladi
Avvalroq "Marsel" Dani Sebalos transferi bo‘yicha muzokara olib borayotgani xabar qilingan edi. Gap ijara va majburiy sotib olish huquqi haqida ketmoqda.
"ESPN" tarqatgan xabarga ko‘ra, "Real" Sebalosning "Marsel"ga ketishi ehtimolini hisobga olgan holda transfer oynasining so‘nggi kunlarida yarim himoyachi olib kelishni istamoqda. Bu ikki kelishuv o‘zaro bog‘liq, chunki Xabi Alonso o‘rnini bosadigan o‘yinchi topilmasdan turib, Sebalosni qo‘yib yuborishni xohlamaydi.
Jurnalist Rodrigo Faesning ta’kidlashicha, "qirollik klubi" Sebalosni sotish yoki ijaradan keyingi sotib olish uchun kamida 15–20 million evro talab qiladi.
Fikrlar