"Real" futbolchi ketganini e'lon qildi
Endi omadini boshqa joydan qidiradi
«Real» klubi o‘zining rasmiy saytida darvozabon bilan xayrlashgani haqida ma’lumot e’lon qildi. Jamoa tarkibida to‘p surib kelgan Fran Gonsales endi «Sevilya» sharafini himoya qiladi.
Klub bayonotida «Real» 21 yoshli Fran Gonsalesga jamoa tarkibidagi o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildirib, unga kelgusi faoliyatida omad tiladi.
Fran Gonsales 2022 yili «Real»ning yoshlar jamoasiga qo‘shilgan edi. U hatto asosiy tarkib uchun ham bir uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi – 2025 yil aprelida. O‘sha bahsda «Real» o‘z maydonida Ispaniya chempionati doirasida «Valensiya»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
OAV tarqatayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Fran Gonsalesning «Real»dan «Sevilya»ga o‘tishi «qirollik klubi»ga 1 million yevro tushgan.

Izohlar (0)