“Real” futbolchisi yaxshi jamoadan ish topdi

  • 8 iyul, 2024, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiyaning “Napoli” klubi ikki nafar himoyachi transferini amalga oshirmoqda. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Neapolliklar ispaniyalik himoyachi Rafa Marin transferi bo‘yicha “Real” bilan kelishuvga erishdi. Bu futbolchi “Qirollik klubi”ning asosiy tarkibiga kira olmayotgani uchun mavsumni ijara asosida “Alaves” jamoasida o‘tkazdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar Rafa Marinni qata sotib olish huquqini saqlab qolgan. Bu transfer A Seriya klubiga 10 million evrodan oshiqroqqa tushadi.

Shuningdek, “Napoli” mutasaddilari “Torino”dan Italiya terma jamoasi himoyachisi Alessandro Buonjornoni ham transfer qilishga urinyapti. Turinliklar o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishga rozilik bergan. Endi “Napoli” Alessandroning o‘zi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishishi kerak.

Transfermarkt portali italiyalik himoyachini 35 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!