"Real"ga "Liverpool"dagi yulduz kerak
Mourin'yo bu transfer tarafdori
«Real» Aleksis Makallisterni kuzatmoqda. Futbol insayderlarining xabar berishicha, Madridning «Real» jamoasi «Liverpul» yarimhimoyachisi Aleksis Makallisterga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
27 yoshli argentinalik futbolchi atrofida bir qator top-klubalar da'vogarlik sifatida tilga olinmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, «Real» hozircha rasmiy taklif bilan chiqmagan, ammo «Liverpul» va Makallister o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Hozirgi amaldagi shartnoma 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Agar tomonlar yaqin vaqt ichida kelishuvga erisha olmasa, Xose Mourinyo boshqarayotgan jamoa rasmiy taklif tayyorlashga hozir.
Aleksis Makallister 2023 yili «Brayton» tarkibidan «Liverpul»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u klub safida yetti o‘yin o‘tkazib, ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi va bir bor golli uzatma muallifiga aylandi.

Izohlar (0)