Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Real” g‘alati qarorga keldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Lekin reja yaxshi

“Real” rahbariyati Ispaniya terma jamoasi tarkibida ko‘proq o‘z futbolchilari o‘ynashini istayapti. Buni ta’minlash uchun klub g‘alati strategiyani amalga oshiradi.

Relevo nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar “Real” o‘yinchilarining terma jamoadagi ishtiroki kamayib ketganidan xavotirda va bu holatni o‘nglash yo‘lini topdi.

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” endi ko‘proq ispaniyalik futbolchilarni transfer qilishga e’tibor qaratadi. Vaziyatni o‘nglash uchun Ispaniya terma jamoasida o‘ynayotgan o‘yinchilarni jamoaga taklif etish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, klub nishoniga kelajakda terma jamoada o‘ynash salohiyatiga ega yosh iqtidor egalari ham tushadi.

Kuzatuvlarga ko‘ra, “Real” tarkibidan keyingi yillarda faqat Daniel Karvaxal muntazam terma jamoaga jalb qilinayotgan edi. Himoyachining og‘ir jarohatidan keyin “Real”ga terma jamoadan taklifnoma kelmay qo‘ydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q