"Real" ham "Siti"dan kelgan yulduzni tanishirdi
La Liga yulduzlarga to‘lqindi
«Real» (Madrid) yarim himoyachi Bernardu Silvani jamoaning yangi futbolchisi sifatida ommaga tanishtirdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Marosimda «Real» prezidenti Florentino Peres ishtirok etdi. Uning ko‘z oldida Bernardu Silva 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.
Shundan so‘ng portugalialik futbolchiga stadion maketi, soat va 20-raqam tushirilgan klub futbolkasi topshirildi. Huddi shunday sovg‘alar avvalroq Xose Mourinyuga ham taqdim etilgan edi.
Yozgi transfer oynasi davomida 32 yoshli Silva «Manchester Siti» klubidan «Real» safiga o‘tdi.
Bernardu Silvaning madridliklar tarkibidagi ilk o‘yini 22 avgust kuni «Espan’ol»ga qarshi Ispaniya chempionati bahsida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Izohlar (0)