"Real" hujumchisiga narx belgiladi

  • 24 iyun, 14:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" o‘z akademiyasidan chiqqan hujumchi Gonzalo Garsiyaga narx belgiladi.

Tecno

Defensa Central nashrining xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi 2025 yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi o‘yini bilan "Real" rahbariyatini shu darajada hayratda qoldirdiki, klub darhol unga taxminan 35 million evro qiymat belgiladi. Bu holatga qaramay, u asosiy tarkibda atigi 8 ta o‘yin o‘tkazgan. Avvalroq, "Real" Garsiyani ijaraga berish variantini ko‘rib chiqqan bo‘lsa, endi klub uni katta mablag‘ evaziga sotishga ham tayyor. Biroq manbaga ko‘ra, hujumchini sotish klub uchun majburiyat emas, chunki u Kilian Mbappe uchun yaxshi zaxira futbolchisi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Garsiyaning o‘zi "Real" asosiy tarkibida o‘rin uchun kurashmoqchi ekanligi ta’kidlangan.

KO‘JCh–2025 musobaqasida ispaniyalik futbolchi 2 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!