Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“Real” ikki yulduzni tekin oladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Harakat boshlandi

“Real” kelasi mavsum oldidan tarkibini yangilash va kuchaytirish maqsadida ayrim transferlarni rejalashtirmoqda.

Madridliklar zamonaviy futbolning ikki mashhur himoyachisini erkin agent maqomida o‘z safiga bepul qo‘shib olishni ko‘zlagan.

Cope nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” mutasaddilari yozda “Liverpul”dan Trent Aleksander-Arnold va “Bavariya”dan Alfonso Devisni transfer qiladi.

Har ikki o‘yinchining o‘z jamoalari bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Ular muhitni o‘zgartirish maqsadida klublarining yangi bitimlarini qabul qilgani yo‘q.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q