"Real" Kalafyorining agenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Londonning "Arsenal" jamoasi himoyachisi Rikardo Kalafyoriy "Real Madrid"ning ehtimoliy yangi transferlar ro‘yxatiga kirdi. Bu haqida insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, italyalik markaziy himoyachi madridliklar safida David Alabaga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Qayd etilishicha, "Real Madrid" rahbariyati Kalafyorining agenti bilan futbolchining ehtimoliy transferi yuzasidan uchrashuv o‘tkazgan.
Shuningdek, jamoani shu hafta boshqarib olishi kutilgan Joze Mourinyo ham "Arsenal" futbolchisining o‘yini yuqori baholayotgani ta’kidlanmoqda.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli himoyachi 55 million yevroga baholangan. Uning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar