
“Real” katta ishga qo‘l urdi
“Real” rahbariyati jahonning eng qimmat futbolchisiga aylangan Jud Bellingemni qo‘lga kiritish yo‘llarini qidirmoqda.
Madridliklar angliyalik futbolchi transferiga Eduardo Kamavingani qo‘shish varianti ustida ham ish boshladi.
20 yoshli frantsiyalik yarim himoyachini madridliklar “Renn”dan olib kelgan edi. Kamavinga ispan klubiga kelganidan beri 67 ta rasmiy uchrashuvda qatnashib, ikkita gol ham urdi. Uning bugungi kundagi transfer narxi 50 million evroni tashkil qilmoqda.
“Real” mutasaddilari “Borussiya”ga Jud Bellingem uchun 100 million evro atrofida pul to‘lab, qolganiga Kamavingani qo‘shib berishni taklif qilmoqchi.
Fikrlar