Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" kutgan supertransfer amalga oshdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Diomande endi "Real" futbolchisi

Kot-d’Ivuar terma jamoasi yarim himoyachisi Yan Diomande Germaniyaning "Leyptsig" klubidan Ispaniyaning "Real" jamoasiga o‘tdi. Bu haqida madridliklar matbuot xizmati xabar berdi.

Madrid klubi futbolchi bilan 2033 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Sky Sports telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, "Real" Yan Diomande uchun "Leyptsig"ga 125 million yevro to‘laydi, yana 15 million yevro turli bonuslar ko‘rinishida nazarda tutilgan. 

Shu tariqa, ivuariylik futbolchi Madrid klubi tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi mumkin. Hozircha rekord ingliz yarim himoyachisi Jud Bellingemga tegishli — Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, u 2023 yil yozida "Real"ga 127 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan.

Shu bilan birga, Yan Dyomande transferi Afrika futbolchilari orasida ham eng qimmat bitim sifatida qayd etildi. 2019 yildan buyon ushbu rekord Kot-d’Ivuar futbolchisi Nikolya Pepega tegishli edi — u o‘sha paytda Fransiyaning "Lill" klubidan Angliyaning "Arsenal" jamoasiga 80 million yevro evaziga o‘tgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q