"Real Madrid" darvozaboni jarohat oldi

  • 17.01.2026 13:32
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi posboni Andrey Lunin jarohat olgani ma'lum bo‘ldi. 

Ukrinalik darvozabon jamoa mashg‘ulotlari vaqtida jarohat oldi. Shu sababdan ham posbon "Levante" bilan bo‘ladigan o‘yin uchun "qirollik klubi" qaydnomasiga kiritilmagan. Dastlabki tibbiy ko‘rik xulosalari Luninning bir haftaga safdan chiqqan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ammo "qaymoqranglilar" Luninning "Monako"ga qarshi  Yevropa Chempionlar ligasidagi o‘yinigа tiklanishini kutmoqda.

Ma'lumot uchun, Lunini so‘nggi bor 14 yanvar kungi "Albasete"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!