Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Real Madrid" futbolchisi jamoadoshini "qutqardi"

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Vaziyat qanday bo‘ldi?

Dani Sebalos jamoadoshi Braim Diasga uni "qutqargani" uchun minnatdorchilik bildirdi.

Xabaringiz bor, "Real" Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga o‘tish uchun o‘tkazilgan birinchi o‘yinda "Manchester Siti"ni mag‘lub etdi (3:2). Uchrashuvning 77-daqiqasida Kleman Tyurpen madridliklar jarima maydonida Sebalos va Fil Foden to‘qnashuvidan so‘ng penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Erling Holand golga aylantirib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Shundan so‘ng, Karlo Anchelotti Sebalosni zaxiraga oldi va uning o‘rniga Luka Modrichni maydonga tushirdi.

86-daqiqada esa biroz avval zaxiradan maydonga tushgan Braim Dias hisobni tenglashtirdi.

"Meni ikki oylik tanaffusdan qutqarib qolganing uchun rahmat" - deb yozdi Sebalos o‘yindan keyin Diasning Instagramdagi postiga izoh qoldirgan holda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q