“Real” Mbappedan nega norozi?

  • 02.05.2026 20:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe garchi gol urish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lsa ham, jamoa muammolaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Foot Mercato nashri ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda fransiyalik yulduz klub ichida jiddiy tanqidlarga uchramoqda. “Qirollik klubi”ning  ayrim xodimlari Mbappening o‘yini bo‘yicha shubha bildirа boshladi. Shuningdek, uning ishga munosabati bo‘yicha ham noroziliklar kuchaymoqda.

Taxmin qilinishicha, forvardning xatti-harakati kiyinish xonasi muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Manbaga ko‘ra, 27 yoshli yulduz atrofidagi vaziyat tobora keskinlashib bormoqda.

Kilian Mbappe joriy mavsum “Real” safida 41 o‘yinda 41 gol urib, 6 bor golli uzatma berdi. Biroq jamoa joriy mavsumni nufuzli sovrinlarsiz yakunlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!