
“Real” muhimmi yoki pul?
Saudiya Arabistoni klublari “Real”ning markaziy himoyachisi Antonio Ryudigerni transfer qilish fikridan qaytgani yo‘q.
“An-Nasr” va “Al-Hilol” germaniyalik futbolchini o‘z pozitsiya bo‘yicha dunyoda eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylantirishni va’da bermoqda.
Sky Sport nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” 31 yoshli himoyachiga katta ishonch bildiryapti va uni qo‘yib yuborishga tayyor emas.
Ryudiger yaqinda ham saudiyaliklar taklifini rad etib, maqsadi Madridda qolish ekanini ma’lum qilgan edi. Biroq shayxlar va’da qilayotgan mo‘may daromad futbolchining tanloviga ta’sir qiladimi yoki yo‘q, buni tez orada bilib olamiz.
Antonio Ryudigerning madridliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi. Tajribali charm to‘p ustasi ayni paytda 25 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar