
“Real” muxlislariga xushxabar
“Real” mavsum boshidanoq ayrim etakchi o‘yinchilarning jarohati tufayli tarkib masalasida muammoga duch kelayotgan edi.
Marca nashrining yozishicha, uch nafar futbolchi jarohatidan qutilib, safga qaytgan va maydonga tushishga tayyor. Gap hujumkor futbolchi Jud Bellingem, tayanch yarim himoyachi Orelen Tchuameni va markaziy himoyachi Eder Militao haqida ketmoqda.
Manbaga ko‘ra, har uchala charm to‘p ustasi umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda va jismoniy tayyorgarlik darajasi uchrashuvlarda qatnashish uchun etarli ekani aniqlangan.
“Real” La Ligadagi navbatdagi uchrashuvini 14 sentyabr kuni safarda “Real Sosedad” futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar