«Real», «PSJ» va APL klublari yosh darvozabonga qiziqmoqda
«Xall Siti» darvozaboni Konstantinos Tsolakisni «Tottenxem», «Liverpul», «Real» va «PSJ» asosiy darvozabon sifatida ko‘rib chiqmoqda.
«Xall Siti» tarkibida to‘p surib kelayotgan yunon darvozaboni Konstantinos Tsolakisga Yevropa grandi klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manba ma’lumoticha, 23 yoshli posbonni sotib olish rejasiga Londonning «Tottenxem» klubi kiritgan. Gap shundaki, jamoa ichida Antonin Kinski imkoniyatlariga to‘liq ishonch yo‘q, shu bois «shporlar» Tsolakisni kelasi mavsum uchun asosiy darvozabon sifatida ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, londonliklar ro‘yxatida boshqa nomzodlar ham borligi qayd etilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Tsolakis o‘yinlarini «Liverpul» skautlari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu klubda Alisson Bekerning kelajagi borasida aniqik yo‘qligi sabab, yangi darvozabon masalasi kun tartibiga chiqqani aytilmoqda. Shuningdek, yunon posboniga «Real» va «PSJ» ham qiziqyapti. Ushbu klublar Tsolakisni hali «Olimpiakos» safida o‘ynagan davridanoq nazoratga olgani ta’kidlanadi.
Joriy mavsumda Konstantinos Tsolakis barcha musobaqalar doirasida beshta o‘yin o‘tkazdi, to‘rtta gol o‘tkazib yubordi va uch marta darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Izohlar (0)