“Real” pul bilan g‘alaba qozonmoqchi bo‘ldi
“Real” prezidenti Florentino Peres UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida jamoa “Bavariya” to‘sig‘idan o‘tsa, futbolchilarni katta mukofot bilan taqdirlashni va’da qilgani oshkor bo‘ldi.
The Touchline va AS kabi nufuzli manbalarning xabar berishicha, Peres jamoaning har bir futbolchisiga “Bavariya”dan o‘tish uchun 500 ming evrodan taklif qilgan. Klubda bunday bonus jamoani kuchli ruhlantiradi, deb hisoblashgan.
Biroq “Real” qit’aning eng nufuzli turnirida “Bavariya”dan o‘ta olmadi. Alvaro Arbeloa shogirdlari avval uyda 1:2, keyin mehmonda 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Chempionlar ligasi finaliga esa, oxir-oqibat PSJ va “Arsenal” yo‘l oldi. Hal qiluvchi final uchrashuvi 30 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.
“Real” 2025-2026 yilgi mavsumni sovrinsiz yakunlamoqda. Yaqin haftalarda jamoaga yangi murabbiy tayinlanishi kutilyapti.

Fikrlar