Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" Rodrigʻa oʻrniibosar topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu futbolchi ham Angliyada o'ynaydi

Madridning «Real» klubi «Arsenal» tarkibida to‘p surib kelayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Martin Subimendi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.

Avvalroq «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Xose Mourinyo boshqaruvidagi jamoaga o‘tishi kutilgan edi. Biroq manbalarga ko‘ra, bu transfer so‘roq ostida qolgan, futbolchining o‘zi esa «Barselona» variantiga ko‘proq moyillik bildirayotgani aytilmoqda.

Shu orada Martin Subimendi «Arsenal»ni tark etishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Sabab sifatida jamoaga Bruno Gimaraesh kelishi kutilayotgani, bu esa uning maydondagi o‘rniga ta’sir qilishi mumkinligi qayd etilmoqda. 

Shuning uchun futbolchi o‘z vakillariga «Real» va «Barselona» bilan muzokaralar olib borishni so‘ragan.

Subimendi «Arsenal»ga «Real Sosyedad» klubidan kelib qo‘shilgan. U o‘tgan mavsumda londonliklar safida barcha musobaqalar doirasida 57 ta o‘yin o‘tkazib, olti gol urdi va ikki marta hal qiluvchi pas berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q