“Real” Rodrini olish yo‘lini topdi

  • 07.01.2026 07:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi kelasi yozda “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrining shartnoması yakunlanishiga bir yil qolishidan foydalanib, 29 yoshli futbolchini jamoaga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Bu haqida Marca nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, agar ispaniyalik futbolchi “shaharliklar” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, klub 2027 yil yozida uni bepul yo'qotmaslik uchun yozda sotib yuborishiga to'g'ri keladi.

Madridliklar “Oltin to'p” sohibini  Xosep Gvardiola jamoasi bilan yangi bitim tuzmaslikka ko'ndirmoqchi. “Real” keyingi paytda bu usuldan ko'p foydalanmoqda. Xususan, Kilian Mbappe va Trent Aleksander-Arnoldni transfer qilishda ular shu yo'lni tutgan edi.

Rodri 2019 yilning yozidan buyon “Manchester Siti” safida to'p surib kelmoqda. Shu davr mobaynida u barcha musobaqalarda 273 ta o'yinda ishtirok etib, 26 ta gol va 32 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bugungi kundagi  bozor qiymati ancha pasayib, 75 million yevroni tashkil etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!