“Real” Ronalduni darajasidagi transferga qo‘l urdi
“Qirollik klubi” xo‘jayini Florentino Peres o‘z tomonidan e’lon qilingan 150 million evrolik transfer haqida ba’zi tafsilotlarni ochiqaldi. Biroq u futbolchining ismini ma’lum qilmadi.
- Maykl Olisemi? Ajoyib futbolchi, ammo bu u emas. Boshqa o‘yinchi. U yarim himoyachi yoki hujumchi. Erling Holandmi? Yo‘q, bu u emas. Bu Jeremi Doku ham emas.
Bu futbolchi – superyulduz. Odamlar uning kim ekaniga ishonmaydi! Moliyaviy jihatdan bu Krishtianu Ronalduni darajasidagi transfer bo‘ladi.
Men sotib olmoqchi bo‘lgan futbolchi APLdan emas. Bu yosh futbolchi, - dedi Florentino Peres.
Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” 2009 yilning yozida Krishtianu Ronalduni “Manchester Yunayted”dan transfer qilish uchun 94 million evro sarflagan edi.

Fikrlar