“Real” Ronalduni qabul qilmadi

  • 26.03.2026 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yevropa matbuotida jahon futbolida eng ko‘p gol urgan futbolchi Krishtianu Ronalduni to‘ng‘ich o‘g‘lini “Real” akademiyasiga joylayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgandi.

“Qirollik klubi”dan bu xabarlarga munosabat bo‘ldi.   

COPE nashrining yozishicha, “Real” klubi Krishtianu Ronalduning o‘g‘lini o‘z akademiyasiga qabul qilmaydi.

Bu boradagi gap-so‘zlarning kelib chiqishiga 15 yoshli Krishtianu Ronaldo “Real”ning 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazgani sabab bo‘lgan. Kichik Ronaldo aslida “An-Nasr”ning yoshlar jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Real” rahbariyati kichik Krishtianuni jamoaga qo‘shib olish  imkoniyatini ko‘rib chiqmaydi. Unga faqat akademiyadagi tengdoshlari bilan mashg‘ulot o‘tkazishga ruxsat berilgan xolos. Bu uning jismoniy holatini saqlab turish uchun kerak, chunki u Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat sabab “An-Nasr” akademiyasida shug‘ullana olmayapti. Hozirda Ronaldo oilasi Madridda yashamoqda.

Krishtianu Ronalduning o‘zi 2009-2018 yillar davomida “Real” sharafini himoya qilgan. Bu vaqt ichida u 438 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 450 ta gol urigan va jamoadoshlariga 131 ta golli uzatma bergan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!