
“Real”: Shu yulduzdan qutilmasak bo‘lmaydi
“Real” rahbariyati braziliyalik legioner Vinisius Juniorning kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi. Tomonlar anchadan beri hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazib kelayotgan edi.
Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topgani yo‘q. Madridliklar Vinisius talab qilgan maoshni bermaydi.
Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” 25 yoshli yulduzni 2026 yilning yozida sotib yuboradigan bo‘ldi.
Vinisiusning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. Futbolchi yangi bitim bo‘yicha Kilian Mbappe darajadasida daromad kafolatlanishini talab qilgani Florentino Peresga yoqmadi.
Fikrlar