
“Real” superhimoyachi masalasida MYu bilan gaplashdi. Ular qanday qarorga keldi?
“Manchester Yunayted” rahbariyati anchadan beri madridliklar himoyachisi Rafael Varanni o‘z safiga qo‘shib olish ilinjida yuribdi.
“Qirollik klubi” xo‘jayinlari bu masalaga uzil-kesil chek qo‘yish maqsadida manchesterlik hamkasblari bilan suhbatlashdi. Unga ko‘ra, “Real№ frantsiyalik himoyachi sotilmasligini va uning transferi bo‘yicha hech qanday taklif va variant ko‘rib chiqilmasligini uqtirdi.
Avvalroq, bosh murabbiy Zinedin Zidan ham Varan sotilmasligini ma’lum qilgandi. Ayni paytda “Real” bu futbolchiga uzoq muddatli yangi shartnoma taklif qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Rafael Varan madridliklar sharafini 2011 yildan beri himoya qilmoqda. Shu kunga qadar La Ligada 207 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urishga ham erishgan.
Fikrlar