“Real” umuman kutilmagan murabbiyni chaqirdi
Angliya Premier-ligasida 2022 yildan beri “Aston Villa”ni boshqarib kelaotgan va jamoani yuqori o‘rinlarga ko‘tarishni uddalagan bosh murabbiyi Unay Emeri kelasi mavsum oldidan “Real”ni qabul qilib olishi mumkin.
Jurnalist Ramon Alvares ma'lumotiga ko‘ra, agar joriy mavsumdan keyin Madrid klubi bosh murabbiyni almashtirishga qaror qilsa, bu lavozimga asosiy nomzod aynan Emeri bo‘ladi.
Bir necha kun avval “Real” ispaniyalik mutaxassis bilan bog‘lanib, uning Madrid klubida ishlashga tayyorligi haqida so‘ragan.
Ayni paytda “Real”ni Alvaro Arbeloa boshqarmoqda. Biroq bu mutaxassis ilgari top-klublarda ishlamagan va bu borada yetarli tajribaga ega emas.
Fikrlar