“Real” va “Barsa” jahon chempionini talashyapti
Argentina milliy terma jamoasi safida Amerika kubogi, Finalisima va jahon chempionatida g‘olib chiqqan markaziy himoyachi Kristian Romero faoliyatida jiddiy o‘zgarish yasashi mumkin.
Mahoratli futbolchi o‘z yurtida va Italiyadagi faoliyatidan keyin 2021 yili Londonning “Tottenxem” klubiga kelgan edi. Endi Romero Ispaniya chempionatiga yo‘l olishi kutilmoqda.
Mundo Deportivo nashri jurnalistlarining ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi xizmatlariga Madriddning “Real” klubi jiddiy qiziqmoqda. “Qirollik klubi” yozgi transfer oynasida uni jamoaga qo‘shib olishga urinib ko‘radiган bo‘ldi.
Shuningdek, Romeroning ishonchli o‘yinini yuqori baholayotgan “Real”ning ashaddiy raqiblari – “Barselona” va “Atletiko Madrid” jamoalari rahbariyati ham argentinalik yulduzni o‘z safiga chorlamoqda.
27 yoshli himoyachining amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil o‘rtasigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 60 million yevroga baholanyotgan bo‘lsa-da, “Tottenxem” o‘z sardorini ancha qimmatroq sotishni mo‘ljallayapti.
Fikrlar