“Real” yangi sardor tanladi

  • 25 iyun, 2024, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” sardori – 34 yoshli markaziy himoyachi Nacho Fernandes faoliyatini Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” klubida davom ettirishi kutilmoqda.

Tecno

“Qirollik klubi” muxlislarini sardorlik mas’uliyati qaysi futbolchiga yuklatilishi qiziqtirayotgan edi.

Jurnalist Migel Anxel Diasning ma’lum qilishicha, klub bilan amaldagi shartnomasini bir yilga uzaytirgan 38 yoshli Luka Modrich yangi mavsumda jamoa sardori sifatida to‘p tepadi.

Luka Modrichga ikki nafar o‘rinbosar ham tanlandi. Xorvatiyalik futbolchi uchrashuvlarda ishtirok etmagan pallada sardorlik bog‘ichi Daniel Karvaxalga o‘tadi. Uchinchi sardor sifatida Lukas Vaskes tanlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!