“Real” yangi superdarvozabon topdi
“Real” yozda yangi darvozabon sotib olishni rejalashtiryapti. Jurnalist Xorxe Pikon ma'lumotiga koʻra, madridliklar “Borussiya Dortmund” golkiperı Gregor Kobel variantini koʻrib chiqmoqda.
Shveytsariyalik darvozabon “Qirollik klubi” uchun darvoza chizigʻini kuchaytirishda asosiy maqsad hisoblanadi.
Kobel 2021 yilda “Shtutgart”dan “Borussiya”ga 15 million yevro evaziga oʻtgan. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda darvozabon 40 uchrashuvda qatnashib, 51 gol oʻtkazgan va 15 oʻyinda darvozasini daxlsiz saqlab qolgan. Uning transfer qiymati 40 million yevro deb baholanmoqda.
Fikrlar