“Real” Zidanni chaqirdi

  • 12 iyul, 2024, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati katta tadbir – mashhur futbolchi Kilian Mbappening taqdimotini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.  

Taqdimot marosimi 16 iyul kuni “Santyago Bernabeu” stadionida tashkil etiladi. Hozirning o‘zida ushbu tadbirda qatnashish istagida bo‘lgan muxlislar moni 110 mingdan oshib ketdi. Stadion o‘z bag‘riga 85 ming nafar tomoshabinni sig‘dira oladi.

Relevo nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” rahbariyati Mbappening taqdimot marosimiga Zinedin Zidanni ham taklif qildi. Zidan “Real”da ham o‘yinchi, ham bosh murabbiy sifatida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Kilian Mbappe PSJ bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin “Real” bilan shartnoma imzoladi. Bitim besh yilga tuzilgan.

Unga ko‘ra, 25 yoshli forvard har mavsum uchun 30 million evro maosh oladi va gollari soniga qarab, unga bonus ham to‘lanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!