“Real”dan ketaman!

  • 05.06.2026 08:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi zahirasiga mixlanib qolgan hujumchi Gonsalo Garsiya yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi ehtimoli oshib bormoqda.

Bu haqida mashhur insayder Janluka di Marcio xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, hujumchi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirish imkoniyatiga ega.

O‘z tarixida ilk bor UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etadigan “Komo” tarkibini madridliklar tarbiyalagan forvard bilan kuchaytirishni istayapti.

La Liganing yakunlangan mavsumida 22 yoshli ispaniyalik hujumchi 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Bu o‘yinlarda Garsiya o‘z hisobiga 6 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Uning bozor qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!