Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Real”ning eng tajribali yulduzi Arbeloadan norozi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ular boshidan beri chiqisholmayapti

Madridning “Real” klubi himoyachisi Daniel Karvaxal jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa bilan boshidanoq murakkab munosabatlarga ega.

Bu haqida jurnalist Jorj Pikon xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, madridliklar sardori murabbiy unga nisbatan adolatsiz munosabatda, deb hisoblaydi va tarkib tanlashda Trent Aleksander-Arnoldga ishonch bildirayotganidan norozi.

Karvaxalni Arbeloa o‘zini o‘ynatmaslik orqali tajribali himoyachini Ispaniya terma jamoasi tarkibida 2026 yildagi jahon chempionatiga borish uchun so‘nggi imkoniyatlaridan mahrum etayotganini ta'kidladi.

Shu bilan birga, Arbeloa Karvaxalning zahiradagi rolga munosabatidan norozi. Bunga qaramay, mutaxassis Trentni asosiy tarkibdan chiqarishni rejalashtirmayapti.

Joriy mavsumda Karvaxal barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda ishtirok etdi, ammo samarali harakatlarni amalga oshirgani yo‘q.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q