
“Real”ning yana bir futbolchisi ketadi
Zinedin Zidan sekin-asta tarkibni yangilab bormoqda. Joriy mavsum yakunlanishi bilan yana bir necha futbolchi klubni tark etadi.
Ketadiganlar orasida Nachon Fernandes ham bor. 30 yoshli himoyachiga hozirdan “Napoli” va “Roma” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub ispan futbolchisiga uzoq muddatli shartnoma va asosiy tarkibdan joy va’da qilmoqda.
Nachoning “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. “Real” tarbichlanuvchisi hisoblangan futbolchi o‘n yildan buyon klubga xizmat qilmoqda. Uning bugungi kundagi transfer summasi 10 million evroga baholangan.
Fikrlar